16:40 / 22.01.2018
9 290

O‘lgan ayol tobutda farzand ko‘rdi

O‘lgan ayol tobutda farzand ko‘rdi
Janubiy Afrikaning Mbizan shahrida yashovchi ayol o‘lgandan keyin farzand ko‘rdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Bu haqda dafn byurosi xodimlari ma’lumot bergan. Besh farzandning onasi bo‘lgan 33 yoshli Nomveliso Nomasonto Mdoyi (Nomveliso Nomasonto Mdoyi) ning jasadi tobutga joylashtirilgan. Dafn marosimi oldidan dafn qilish byurosi xodimlari tobutning ichida chaqaloq borligini ko‘rishgan.

“Men dafn qilish ishlari bilan 20 yildan beri shug‘ullanib kelaman. Biroq o‘lgandan keyin farzand ko‘rgan ayolni ilk marotaba ko‘rishim. Bundan dahshatga tushdim”, dedi xodimlardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol vafot etganda qornida 9 oylik homilasi bo‘lgan. O‘lik tug‘ilgan chaqaloq onasi bilan bir tobutda dafn etildi. Mutaxassislarning aytishicha, ayol o‘lgandan keyin mushaklar qisqarishi natijasida “bola tug‘ilgan”.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘lgan ayol tobutda farzand ko‘rdi