11:04 / 23.01.2018
5 414

«O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi
Ulug‘bek Rozuqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bosh direktori lavozimidan ozod qilindi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ga kompaniyadagi axborot manbasi.

Bunga qadar bosh direktorning birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Toshkent xalqaro aeroporti direktori lavozimida ishlagan Baxtiyor Hakimov uning o‘rniga tayinlandi.

Ulug‘bek Rozuqulov (1969 yilda tug‘ilgan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisodiyot fanlari nomzodi) MAKka o‘tgan yilning avgustida rahbarlikka tayinlangan edi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Avval O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha departamenti direktori bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi