21:38 / 24.01.2018
6 183

Toza havo insoniyat uchun juda xavfli bo‘lib chiqdi

Toza havo insoniyat uchun juda xavfli bo‘lib chiqdi
Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Germaniya olimlaridan iborat xalqaro guruh havodan ifloslantiruvchi moddalarni yo‘qotish global isish jarayonini yanada murakkablashtirishi mumkinligiga oid xulosaga kelishdi. Daily Mail shu haqida xabar berdi.

Olimlar iqlimning global o‘zgarishi bilan bog‘liq to‘rt ssenariyni modellashtirishdi, ular aerozollarning yo‘qolish oqibatlarini imitatsiya qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, havoni ifloslantiruvchi moddalar Yerga kelib tushayotgan quyosh radiatsiyasining bir qismini bloklar ekan. Atmosferadagi uglerod dioksidining ayni damdagi darajasida ularni yo‘qotish issiqxona effektini kuchaytiradi, zero atmosfera ko‘proq issiqlik energiyasini yutadi.

Mazkur jarayon natijasida atmosferaning o‘rtacha harorati Selsiy bo‘yicha 0,5-1,1 darajaga o‘sadi. Bu, o‘z navbatida, qurg‘oqchilik va suv toshqini kabi tabiiy ofatlar sonini keskin ko‘paytiradi.

Ba’zi mutaxassislar global harorat ko‘tarilishi muammosini bartaraf etish uchun aerozollardan foydalanishni taklif qilishmoqda. Biroq tadqiqot natijalari geomuhandislikning bunday usuli iqlimning yanada tezkor isishga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Har qanday holatda ham iqlimning o‘zgarishi kuchli suv toshqinlari, halokatli jazirama, ayoz va boshqa tabiiy ofatlar bilan tahdid soladi.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toza havo insoniyat uchun juda xavfli bo‘lib chiqdi