22:05 / 25.01.2018
10 232

Dahshat! Erkak farzandlarining ko’z o’ngida rafiqasi boshini tanasidan judo qildi

Даҳшат! Эркак фарзандларининг кўз ўнгида рафиқаси бошини танасидан жудо қилди
AQSHning Bellmid shtatida yashovchi 25 yoshli Devid Auzat 3 yoshli qizi va bir yoshli o’g’lining ko’z o’ngida 21 yoshli rafiqasi Natashaning boshini tanasidan judo qildi.

Xabarda aytilishida, qo’shnilar Dauzat uyidan eshitilayotgan baqir-chaqirdan havotirlangancha politsiyaga qo’g’iroq qilganlar.

Politsiya xodimlari kelib uydan ko’zdan kechirishgach, er-xotin va ularning farzandlarini sog’-salomatlikda ko’rib qaytib ketishgan. Oradan ikki soat o’tmay, qo’shnilar ikkinchi bor qo’ng’iroq qilib, Dauzat ayolini o’ldirgani haqida xabar berishdi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari bu yerda qon bilan qoplangan buyumlar va boshsiz ayol jasadiga duch kelishdi. Erkak rafiqasining boshini sovutgichga solib qo’ygani aniqlandi.

Qotil ushbu jinoyatni biror sabab bilan izohlamagan, buning “shunchaki ezgulik va yovuzlik kurashi” ekanligini aytgan. Keyinroq esa uning narkotik moddalar iste’mol qilishi va o’sha kuni ham giyohvand modda ta’siri ostida bo’lgani aniqlandi.

Sud qotilni 52 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dahshat! Erkak farzandlarining ko’z o’ngida rafiqasi boshini tanasidan judo qildi