Parij ko‘chalarini suv toshqinidan qochgan kalamushlar bosib ketdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Qirg‘og‘idan toshgan Sena daryosi kalamush inlarini suvga to‘ldirgandan keyin kalamushlar yangi makon izlashga majbur bo‘lishdi. “Bu ular ko‘payib ketdi, degani emas. Chunki biz ularni har kuni ham ko‘rmavermaymiz”, deb holatga izoh berdi kalamushlar bo‘yicha ekspert Per Falgirak (Pierre Falgayrac).
Parij axlatxonalaridan birida ishlovchi xodim kalamushlar qaynab-toshayotgan axlat bakini videoga oldi. Uning aytishicha, hamkasblari muntazam ravishda kalamushlarning hujumiga uchraganligini, hatto ulardan birining tomog‘iga kalamush yopishib, qo‘lini tishlab olganligini ma’lum qildi.
Sena daryosida suvning 3,3 metrga ko‘tarilishi natijasida qirg‘oqqa yaqin joyda avtomobil yo‘llarini suv bosgan. Luvr muzeyi ham vaqtincha yopilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi