13:29 / 26.01.2018
17 736

Yerga yirik asteroid yaqinlashib kelmoqda

Yerga yirik asteroid yaqinlashib kelmoqda
Turli ma’lumot manbalarida kattaligi 0,5 km dan 1,2 km gacha bo’lishi mumkinligi tahmin etilayotgan 2002 AJ129 asteroidi sekundiga 34 km tezlik bilan harakatlanmoqda.

Asteroid 4 fevral kuni Yer sayyorasiga maksimal darajada yaqinlashadi va ushbu paytda Oy va Yer orasidagi masofadan 10 barobar uzoqroq oraliqda bo’ladi. Asteroidning sayyoramiz yonidan 4,2 million km uzoqlikda uchib o’tishi aytilmoqda.

2002 AJ129 asteroidiga “xavfli” deya ta’rif beriladi, ammo uning Yer bilan to’qnashib ketish ehtimoli nolga teng, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, mazkur asteroid 2002 yilning 15 yanvar kuni kashf etilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerga yirik asteroid yaqinlashib kelmoqda