14:55 / 26.01.2018
6 002

Melaniya Tramp erining hiyonatlari haqidagi mish-mishlardan so’ng rasmiy safarlarda u bilan yurishdan bosh tortdi

Мелания Трамп эрининг ҳиёнатлари ҳақидаги миш-мишлардан сўнг расмий сафарларда у билан юришдан бош тортди
Halqaro iqtisodiy forum o’tkazilajak Davos shahri safariga bu gal AQSH prezidentining bir o’zi borishiga to’g’ri keladi. AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp “tashkilotda yuzaga kelgan ko’p soni murakkabliklar” sabab rasmiy safarda eriga hamrohlik qila olmasligini aytdi.

Melaniyaning kommunikatsiya ishlari bo’yicha direktori Stefani Grishem bir hafta avval ham uning Davos safariga eri bilan borishi va uni qo’llab-quvvatlashi haqida ma’lum qilgan edi. Ammo Trampning behayo filmlar aktrisasi bilan aloqalari borligi haqidagi xabarda so’ng Melaniyaning shunday qarorga kelgani tahmin qilinmoqda.

Ayolning o’zi Tramp bilan 2006 yildan 2010 yilga qadar uchrashib yurgani haqida aytgan, bu paytlarda esa Tramp allaqachon Melaniya bilan turmush qurgan edi.

Xabarda aytilishicha, yaqindagina nashrdan chiqqan jurnalist Maykl Volf muallifligidagi “Alanga va g’azab: Trampning oq uyida” kitobidagi prezident va uning rafiqasi munosabatlariga doir satrlar ham olovga moy sepgandek bo’lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Melaniya Tramp erining hiyonatlari haqidagi mish-mishlardan so’ng rasmiy safarlarda u bilan yurishdan bosh tortdi