17:27 / 26.01.2018
12 107

AQSHda ko’rshapalak sabab quturishga mubtalo bo’lgan 6 yoshli bola vafot etdi

AQSHda ko’rshapalak sabab quturishga mubtalo bo’lgan 6 yoshli bola vafot etdi
AQSHlik 6 yoshli bolakay Rayker Rok Orlandodagi kasalxonalarning birida olamdan o’tdi.

Xabarda aytilishicha, bolakayning otasi kasal ko’rshapalak topib olgan va uni chelak ichiga solib, bolaga unga yaqin kelmaslikni qattiq tayinlagan. Ammo Rayker ushbu so’zlarga quloq tutmay, jonivorning yoniga bordi va ko’rshapalak bolaning qo’lini tirnab oldi.

Bolaning otasi jarohatni yaxshilab yuvib tashlagan, ammo farzandining ukoldan qo’rqishi sabab uni kasalxonaga olib bormagan. Bola hodisadan bir hafta o’tib, qo’li qotib qolgan va bosh og’rig’idan shikoyat qilgan holda shifoxonaga keltirilgan. Ammo uni saqlab qolish uchun juda kech bo’lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ko’rshapalak sabab quturishga mubtalo bo’lgan 6 yoshli bola vafot etdi