20:07 / 26.01.2018
4 794

Bemorni ko’chada qoldirgan sochilik hashiralar ishdan haydaldi

Беморни кўчада қолдирган сочилик ҳаширалар ишдан ҳайдалди Ijtimoiy tarmoqlarda sochilik ikki hamshiraning № 4 shahar shifoxonasi yaqinida aravachadagi bemorni qoldirib ketganlari suratga olingan videorolik tarqalganidan so’ng ushbu holatni Sochi sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Marina Vartazaryan quyidagicha izohladi:
“Hodisaning to’g’riligi tasdiqlandi va unda ishtirok etgan insonlarning shaxsi aniqlandi” .

Hamshiralar tong chog’i bemor o’zini kasalxonadan chiqarib yuborishlarini talab qilgani va ko’chada uni do’sti kutib turgani haqida aytganini bahona qilib ko’rsatishmoqda.

Xabarda aytilishicha, soat 12:25 da politsiya xodimi tez tibbiy yordam xizmatiga qo’ng’iroq qilgan va bemor yana kasalxonaga qaytarib olib kelingan.

Sog’liqni saqlash boshqarmasi bemor tibbiy yordamdan bosh tortishi mumkinligi, ammo bu yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak ekanligini aytgan.

Ayni paytda mazkur hodisaga oid tekshirish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bemorni ko’chada qoldirgan sochilik hashiralar ishdan haydaldi