09:27 / 27.01.2018
4 825

Yaponlar po‘stini ham suyib yesa bo‘ladigan banan turini yaratishdi…

Yaponlar po‘stini ham suyib yesa bo‘ladigan banan turini yaratishdi…
Yaponiyadagi firmalardan biri mutaxassislari po‘chog‘ini ham yeb tashlasa bo‘ladigan banan turini yaratib, uni «Mongey» deb nomlashdi. Bu bananlar odatdagilaridan ancha shirin va po‘chog‘i xuddi salatdagi ko‘kat bargi kabi muloyim, mazali, yumshoq.

Mutaxassislar bu bananlarni dastlab -60 darajali sovuqda ko‘kartirib olishdi. Keyin esa ko‘chatni odatiy bananlar yetishtiriladigan tuproqqa ko‘chirib o‘tqazishdi. Bu yerda havo harorati +26, 5 daraja atrofida bo‘ladi. Yangi bananlar ayni kunga kelib firma biznesini haddan ziyod kuchaytirib yuboribdi.

Firmadagilar har bir «Mongey» deb nomlangan bananni 6 dollardanga sotishmoqda. Ular kelgusida ko‘chatlar ko‘paytirilib, mahsulot xorijga ham eksport qilinishi mumkinligini ta’kidlashdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponlar po‘stini ham suyib yesa bo‘ladigan banan turini yaratishdi…