13:16 / 27.01.2018
5 735

Hindistonda avtobus daryoga quladi, qurbonlar ko‘p

Hindistonda avtobus daryoga quladi, qurbonlar ko‘p
Hindistonning Maxarashtra shtatida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 13 kishi, jumladan yetti nafar bola halok bo‘ldi. Yana ikki kishi og‘ir jarohatlandi. Bu haqda NDTV telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Hodisa Kolhapur okrugida 27 yanvarga o‘tar kechasi yuz bergan. Ichida 16 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus haydovchisi ko‘prikdan o‘tayotgan chog‘da boshqaruvni yo‘qotgan hamda transport vositasi Panchaganga daryosiga qulagan.

Voqea joyida politsiya va tezkor xizmatlar xodimlari ishlamoqda, avariya sabablari aniqlashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda avtobus daryoga quladi, qurbonlar ko‘p