19:40 / 27.01.2018
5 469

Moskva - Nyu-York reysi yo’lovchisi styuardessani do’pposladi

Москва - Нью-Йорк рейси йўловчиси стюардессани дўппослади
Moskva - Nyu-York reysi biznes-klassida kelib chiqqan janjal sabab reys styuardessasi jabr ko’rdi. Uning yuziga qarab urgan yo’lovchi esa politsiya tomonidan qo’lga olingan va hodisa yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atilgan.

Bu haqida MVDning rasmiy vakili Irina Volk bergan ma’lumotlarga tayangan holda “Korrespondent.net” sayti xabar tarqatdi.

“Hodisa Moskva-Nyu-York yo’nalishidagi reysni amalga oshirayotgan havo kemasi bortida sodir bo’lgan. Biznes-klass yo’lovchisi ijtimoiy tartibni buzgan, beodob so’zlardan foydalangan, ogohlantirishlarga diqqat qaratmagan va parvoz hamda yo’lovchilar hayoti uchun haqiqatan xavf tug’dirgan” deydi Volk.

Natijada erkak styuardessaning yuziga qarab urgan. Ayol esa Sheremetevo politsiyasiga murojaat qilgan va yo’lovchi zudlik bilan reysdan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva - Nyu-York reysi yo’lovchisi styuardessani do’pposladi