23:27 / 27.01.2018
6 456

Mushuk yo’lida adashib qolgan bolakayni bir kecha davomida isitib turdi

Мушук йўлида адашиб қолган болакайни бир кеча давомида иситиб турди
Kaliningrad viloyatida yo’qolib qolgan 13 yoshli Ruslanni oxirgi bor 25 yanvar kuni maktab yonida ko’рgan edilar. Bolakay oradan bir kecha o’tib politsiya xodimlari tomonidan topilgan.

Yigitchaning aytishicha, u bir necha kundan so’ng 14 yoshga to’ladi. Shu sababli hodisa sodir bo’lgan kuni maktabga emas, tezroq suratga tushib, pasport olish uchun Krasnoznamenskdagi buvisining uyiga borgan. Ammo buvisi uyda bo’lmagani sabab o’z uyiga piyoda qaytishga qaror qilgan va kun kech bo’lgach, tashlandiq omborlarning birida tunagan. U yerda bolakay uysiz mushukni ko’rdi. G’amxo’r mushuk bolani tuni bilan isitib chiqqan.

Xabarda keltirilishicha, Ruslan mushukni minnatdorlik ramzi sifatida o’zi bilan olib ketishga qaror qildi va unga “Haloskor” deb nom berdi. Tong chog’i esa uni qidiruvga jalb etilgan politsiya xodimlari ko’rib qolishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mushuk yo’lida adashib qolgan bolakayni bir kecha davomida isitib turdi