09:32 / 28.01.2018
4 865

Ramzon Qodirov Chechenistondagi ilk tog‘-chang‘i kurortini ochib berdi

Рамзон Қодиров Чеченистондаги илк тоғ-чанғи курортини очиб берди
26 yanvarda Chechenistonda “Veduchi” deb nomlangan birinchi tog‘-chang‘i kurorti ochildi. Davlat rahbari Ramzan Qodirov shaxsan o‘zi osma yo‘lni ishga tushirib berdi. Kurortning qurilishi hali yakunlangani yo‘q, u 2025 yilga qadar davom etadi.

“Veduchi” kurortini Shimoliy Kavkaz ishlari bo‘yicha vazir Lev Kuznetsov, birinchi vazir o‘rinbosari, “Shimoliy Kavkaz kurortlari” aksiyadorlik jamiyati direktorlar uyushmasi raisi Odes Boysultonov va davlat rahbari Ramzan Qodirov ochib berdilar.

Kurort qurilishi 2025 yilda yakunlanadi. Hozirda uning hududida 4 o‘rindiqli suyanchiqli osma yo‘l, 1 km uzunlikdagi trassa, bolalar bog‘i, o‘quv zonasi, servis markazi, instruktorlar maktabi, tog‘-chang‘i anjomlarini tuzatish va ijaraga berish, kurortga olib boruvchi yo‘l va mashinalar turar joyi tayyor holatda.

Jami 15,4 km lik tog‘-chang‘i uchish trassasi va 6 ta osma yo‘l qurish rejalashtirilgan. Kurort federal byudjetga 6,5 mlrd rublga aylanadi.

Kurort Argun da’rasidagi Itum-Kalin tumani hududida joylashgan. “Shimoliy Kavkaz kurortlari”da ma’lum qilinishicha, 2025 yilda kurortga yiliga 180 ming odam keladi, 719 ishchi o‘rni yaratiladi. 2041 yilga kelib kurort qurilishiga ketgan xarajatlar qoplanadi.

Kurort ishlashining birinchi yilida kurort trassasiga kirish chiptasi kattalar uchun 400 rubl va kichik yoshdagilar uchun 200 rublni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirov Chechenistondagi ilk tog‘-chang‘i kurortini ochib berdi