01:28 / 29.01.2018
5 438

Eyfel minorasi chiroqlari Qobul terakti qurbonlari hotirasiga yoqib qo’yiladi

Эйфел минораси чироқлари Қобул теракти қурбонлари ҳотирасига ёқиб қўйилади
“Parij hukumati Eyfel minorasining chiroqlarini Qobulda halok bo’lgan qurbonlar hotirasiga yoqib qo’yishga qaror qildi” deydi shahar meri Ann Idalgo.

Shuningdek u o’zining “Twitter”dagi sahifasida “Yarim tunda Eyfel minorasi chiroqlari Qobul yuragida sodir bo’lgan qabih hujum qurbonlari hotirasiga yoqib qo’yiladi” deya xabar ham qoldirgan.

Xabarda aytilishicha, shahar meri Parij aholisi “terroristik johillik bilan to’qnash kelgan” afg’onistonliklarni qo’llab-quvvatlashayotganlarini ham qayd etib o’tgan.

Eslatib o’tamiz, kecha Qobulda terakt sodir etilgan va natijada 95 nafar inson olamdan ko’z yumgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eyfel minorasi chiroqlari Qobul terakti qurbonlari hotirasiga yoqib qo’yiladi