Dunyodagi eng katta tilla uzuk BAAning Sharja amirligidagi Sahara Centre’da bir oyga tomoshaga qo‘yildi.
Najmat Taiba nomli 21 karatli uzuk deyarli 64 kg keladi va 5,1 kg qimmatbaho toshlar va brilliantlar bilan qoplangan. Unda shuningdek 615 ta Swarovski kristali bor.
Foto: Expo Centre Sharjah
Najmat Taiba o‘z egasiga 2000 yilda 547 ming dollarga tushgan, o‘shanda oltinning bir unsiyasi 250 dollar turgan. O‘sha vaqtdan beri oltin narxi deyarli 6 barobarga ko‘tarilib, hozirda 1497,5 dollar atrofida sotilmoqda. Shu tariqa hozirda bu uzukning narxi taxminan 3 mln dollarga baholanmoqda.
Dubayning Taiba kompaniyasiga tegishli ushbu uzukni yaratish ustida 55 mutaxassis 45 kun davomida 10 soatdan mehnat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»