AQSh Moliya vazirligi «Kreml hisoboti»ni e’lon qildi, deyiladi Kun.uz xabarida. Ro‘yxatda rossiyalik 96 tadbirkor va 114 siyosatchi bor.
Ta’kidlanishicha, ro‘yxat sanksiya ko‘rinishida emas hamda unga kiritilgan shaxslarga nisbatan qandaydir cheklovlar joriy etilishini nazarda tutmaydi.
Qayd etilishicha, ro‘yxatdan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, moliya vaziri Anton Siluanov, energetika vaziri Aleksandr Novak, iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, IIV rahbari Vladimir Kolokolsev bor. Bundan tashqari, ro‘yxatga Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, FVV rahbari Vladimir Puchkov, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov kiritilgan.
Xabarlarga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligining «Kreml hisoboti»ga Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham kiritildi.
Shuningdek, hisobotda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, prezident ma’muriyati rahbari Anton Vayno, Putinning yordamchisi Vladislav Surkov, tadbirkorlar Alisher Usmonov, Roman Abramovich, Suleyman Kerimov va «Laboratoriya Kasperskogo» asoschisi Yevgeniy Kasperskiy nomi tilga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti Qo‘shma Shtatlarning sanksiyalar dasturi Rossiya «provokatsion va beqarorlashtiruvchi» harakatlarni to‘xtatmagunga qadar davom etishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi