16:20 / 30.01.2018
4 718

Qovun tushirishdi: AQSh harbiylari o‘z bazalarini fosh etib qo‘yishdi

Qovun tushirishdi: AQSh harbiylari o‘z bazalarini fosh etib qo‘yishdi
O‘zining jismoniy holatini kuzatib borish, erishgan natijalari haqida do‘stlariga xabar berish yoki shunchaki qiziqishdan “Strava” bepul ilovasidan foydalanganlar o‘zi yashaydigan hudud, bino va joylarni oshkor etib qo‘yishi mumkin. Jumladan, AQSh harbiylari ham!

“Strava” dasturchilari global tarmoqqa joylashtirgan 13 trnl GPS nuqtalari AQShning xorijdagi harbiy bazalari joylashuvini aks ettirgan. Xususan, Afg‘onistondagi harbiy baza kaftdek namoyon. Tahlilchilar bu fikrga mashhur fitnes ilovasi internetga qo‘ygan ma’lumotlar xaritasini o‘rgangan holda kelishdi. Unda AQShning Afg‘onistondagi harbiy ob’ekt chizmalari keltirilgan.

Bunga asosiy sabab AQSh harbiylarining “Strava” ilovasidan foydalangan holda shug‘ullanishganidir. Bu ilova barcha olingan ma’lumotlar, jumladan, foydalanuvchini bosib o‘tgan masofasi, tezligi, jismoniy holati, suratlari va boshqa shu kabi ma’lumotlarni foydalanuvchi ruhsati bilan yozib boradi va o‘zining serveriga yuklaydi. Bu funksiyani o‘chirib qo‘yish mumkin, lekin aftidan harbiylar buni unutgan.

“Strava” foydalanuvchilarni qayd etib borgan xaritasini chiqardi. Unda foydalanuvchilar tomonidan belgilangan 13 trln GPS nuqtalar bor. Juda chiroyli ko‘rinadi, lekin harbiylar uchun emas. AQShning harbiy bazalari aniq ko‘rinadi va oson taniladi” deydi o‘zining Twitter’dagi sahifasida “IUC Analysts” tashkiloti tahlilchisi avstraliyalik Natan Ruzer.

Ma’lum bo‘lichisha, bu ilovadan foydalangan harbiylar o‘zlari xizmat qilayotgan harbiy qismning tuzilishini va dunyoning aynan qaysi nuqtalarida joylashganini to‘la fosh etib qo‘ygan.

E’tiborsizlik qilgan faqat AQSh harbiylari emas, bu ilovadan foydalangan Fransuz armiyasi askarlari ham o‘zlarining Mali davlatida joylashgan harbiy bazasi tuzilishini fosh etib qo‘yishgan.

Ushbu ish yuzasidan Pentagon rasmiy tergovni boshlagan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qovun tushirishdi: AQSh harbiylari o‘z bazalarini fosh etib qo‘yishdi