22:00 / 30.01.2018
5 613

Rossiya AQShning josus samolyotini to‘xtatdi


Rossiya AQShning josus samolyotini to‘xtatdi
Kecha, 29 yanvar kuni Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti Qora dengiz ustida AQShning kuzatuvchi samolyotini to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabariga asoslanib Qalampir.uz ma’lum qilmoqda.

AQSh hukumati rasmiylari ushbu holatni “ishonchsiz da’vo” deb atadi. AQSh Mudofaa vaziri YeR-3E Aries II rusumli samolyoti Qora dengizda Rossiya havo maydonchasini kesib o‘tmagan va qoidani buzmagan holda harakatlangan.

AQSh o‘zining YeR-3E Aries II rusumli samolyoti xalqaro havo chegarasidan 1.5 metr masofani saqlagan holda uchgani haqida ma’lumot bergan.

AQSh Rossiyadan bunday “asossiz da’volar”ni qilmaslikni va Xalqaro meyorlarni hurmat qilishini so‘ragan.

“Reuters” nashri RIA Novostidan iqtibos keltirgan holda Rossiya Mudofaa vazirligining Su-27 qiruvchi samolyoti ogohlantirishi bilan AQShning YeR-3E Aries II samolyoti o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib ortga qaytib ketgani haqida xabar bergan.

Ta’kidlash kerakki, Rossiyaning RIA novosti nashri bu haqda xabar berganidan keyin AQSh rasmiylari o‘z murojaatini Rossiya tarafga yo‘llashga majbur bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya AQShning josus samolyotini to‘xtatdi