06:30 / 31.01.2018
5 085

Milliarder Bill Geyts "supersigir" loyihasi uchun 40 million $ ajratdi

Миллиардер Билл Гейтс "суперсигир" лойиҳаси учун 40 миллион $ ажратди
"Ideal" sigir oddiy sog‘in sigirdan farqli o‘laroq 4 barobar ko‘p sut beradi, deb yozdi Sputnik. uz nashri.

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts "supersigir" yaratishlari uchun 40 million dollar pul sarflamoqda.

Ushbu buyurtma genetik tadqiqotlar va uy jonivorlari uchun vaksinalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi GALVmed notijorat tashkilotiga berilgan.

"Supersigir" loyihasi ustida Shotlaniyadagi Edinburg universiteti mutaxassislari shug‘ullanishadi. Sigirlarning chidamliligi va ulardan olinadigan sut miqdorini oshirish uchun yirik shoxdor jonivorlarning afrika va yevropa zotlarini "birlashtirish" kerak bo‘ladi.

"Bu ishning samarasi juda yuqori. Hayotining davomiyligi hozirgi sigirlarnikidek bo‘lgan, ammo ulardan to‘rt barobar ko‘p sut beradigan sigirni vujudga keltirishimiz mumkin", — deb bayonot qilgan Geyt.

Eslatib o‘tamiz, Microsoft asoschisi bundan oldinroq sun’iy urug‘lantirish yo‘li orqali sigir yaratish taklifini kiritgan edi.

Milliarder Geyts tez-tez xayriya va ilmiy loyihalarga pul ajratib turadi. Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 92 milliard dollarga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Milliarder Bill Geyts "supersigir" loyihasi uchun 40 million $ ajratdi