07:02 / 31.01.2018
7 190

Dunyoning eng bo‘ydor erkagi bilan eng past bo‘yli ayoli Misrda uchrashdi

Dunyoning eng bo‘ydor erkagi bilan eng past bo‘yli ayoli Misrda uchrashdi
Ginnes rekordlari kitobiga kirgan turkiyalik 35 yoshli fermer Sulton Kesen sayyoramizning eng bo‘ydor erkagi hisoblanadi, deb yozdi Darakchi nashri.

Uning uzunligi 2 metru 51 santimetr. Eng pakana ayol Joti Amji esa Hindistondan kelgan. Jotining uzunligi bor-yo‘g‘i 62 santimetrdir.Turizm masalalari bo‘yicha Misr kengashi taklifiga binoan ular bu yerga kelishdi.

Misrga sayyohlarni jalb etish maqsadida uyushtirilgan fotosessiyada Kesen va Amji qatnashib, ajoyib kadrlarni tuhfa qildi.

Kesenning bo‘ydorligi undagi gipofiz o‘simtasi bilan bilan bog‘liq. 24 yoshli Amji esa pakanalikni keltirib chiqaruvchi irsiy kasallik bilan og‘rigan. U kinolarda suratga tushgan, realiti shoularda ham qatnashib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng bo‘ydor erkagi bilan eng past bo‘yli ayoli Misrda uchrashdi