11:00 / 31.01.2018
7 519

Sherlar changalida qolgan filchaga buyvollar yordamga keldi (video)

Sherlar changalida qolgan filchaga buyvollar yordamga keldi (video)
JARdagi Kryuger milliy bog‘iga tashrif buyurganlar sherlar to‘dasi changalida qolgan filchaning buyvollar tomondan qutqarilishini videoga olishdi. Rolik Kruger Sightings YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Video muallifi Jill Metyuzning aytishicha, sherlar filcha suv ichayotganda unga tashlanib, uni yerga qulatishgan. Aksiga olib filchaning onasi ham yaqin atrofda bo‘lmagan. Biroq filcha yakkalatib qo‘yilmagan, unga buyvollar to‘dasi yordamga oshiqqan.

Buyvollar yirtqichlarga yaqinlashgach, ularga hujum qilgan. Natijada sherlar o‘ljasini tashlab, har tomonga qocha boshlagan. Filcha, ko‘rinishicha, og‘ir jarohatlar olmagan, chunki o‘rnidan ko‘tarilib, nariga qochib ketgan.

Metyuzning aytishicha, voqea filcha uchun baribir ayanchli tugagan. Sherlar o‘z o‘ljasini osonlikcha tashlab ketishni istamay, “himoyachilar” yo‘qligidan foydalanib filchaga yana hujum qilgan. “Oxir-oqibat filchani 15-18 ta sherdan iborat to‘da tutib olgan. Ko‘rinishicha, bu gal filcha yirtqichlar changalidan qutulib qololmagan”, deb aytgan Metyuz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sherlar changalida qolgan filchaga buyvollar yordamga keldi (video)