15:38 / 31.01.2018
5 832

Ayolini o’ldirgan erkak uni yo’qolib qolgan deya e’lon qildi

Аёлини ўлдирган эркак уни йўқолиб қолган дея эълон қилди
Jonatan Daval ismli fransuz rafiqasi Aleksiyani o’z qo’llari bilan o’ldirib, uni yugurish payti yo’qolib qoldi deya e’lon qildi.

Xabar berilishicha, avvaliga Gre-la-Vil shahrida yashagan 29 yoshli Aleksiya Daval yugurish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagani haqida ma’lum qilingan edi. Keyinroq uning jasadi o’rmon ichidan topilgan.

Erkakning advokatlari u rafiqasini janjal payti tasodifan bo’g’ib o’ldirganini tan olgani haqida aytishgan.

Hodisa yuzasidan 500 ga yaqin politsiyachi ish olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayolini o’ldirgan erkak uni yo’qolib qolgan deya e’lon qildi