21:18 / 31.01.2018
4 584

Rossiya: KXDR qanday raketalarga ega ekani haqida ma’lumotga egamiz

Rossiya: KXDR qanday raketalarga ega ekani haqida ma’lumotga egamiz
Rossiyaning Pxenyandagi elchisi Aleksandr Matsegoraning ma’lum qilishicha, Moskvada KXDR qanday raketalarga ega ekani haqida ma’lumotlar bor. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

«Bizda, albatta, bu ma’lumotlar bor, biz vaziyatni jiddiylik bilan kuzatib bormoqdamiz», - deya aytib o‘tgan Matsegora.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya qurol ishlab chiqishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

«Bizning mutaxassislar aytishicha, agarda Shimoliy Koreya raketalarining ilk modellari boshqa davlatlarnikiga o‘xshash bo‘lgan bo‘lsa, KXDR paradlarda ko‘rsatayotgan so‘nggi namunalar esa, - bu, katta ehtimol bilan, ularning o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan raketalardir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan elchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya: KXDR qanday raketalarga ega ekani haqida ma’lumotga egamiz