23:23 / 31.01.2018
6 000

«Tolibon» Afg‘oniston hududining necha foizida ochiq harakatlanayotgani ma’lum qilindi

«Tolibon» Afg‘oniston hududining necha foizida ochiq harakatlanayotgani ma’lum qilindi
«Tolibon» radikal harakati jangarilari Afg‘oniston hududining 70 foizida ochiq harakatlanmoqda. Bundan BBC tadqiqoti natijalari darak bermoqda, deydi Kun nashri.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar mamlakatning 14 tumanini to‘la nazorat qiladi va yana 263 tumanda muntazam ravishda faollik ko‘rsatadi. Ular bir haftaning ichida ikkitadan teraktni amalga oshiryapti. Terrorchilik xurujlarining aksariyati Nangarxor sharqiy viloyati hududida sodir etilmoqda. Yana 122 tuman hukumat nazorati ostida, biroq jangarilar hujumiga uchraydi.

Nashrning ta’kidlashicha, mintaqada keskinlik darajasi 2014 yildan so‘ng oshdi, o‘shanda Afg‘onistondagi xavfsizlikka ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Xalqaro kuchlar mamlakat hududida o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi.

Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, taxminan 15 million kishi – Afg‘oniston aholisining yarmi toliblar nazorati ostidagi tumanlarda yoki doimiy hujumlar ro‘y beradigan joylarda yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘oniston hududining necha foizida ochiq harakatlanayotgani ma’lum qilindi