18:21 / 01.02.2018
5 861

Chimkentda to‘y uchun 150 kilogramm og‘irlikdagi tort tayyorlandi

Chimkentda to‘y uchun 150 kilogramm og‘irlikdagi tort tayyorlandi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y uchun og‘irligi 150 kilogramm keluvchi hashamatli tort tayyorlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz

Youtube’da e’lon qilingan videoda juda katta oq-pushti rangdagi tortni ko‘rish mumkin, uni maxsus taglikda birdaniga olti ofitsiant olib kirgan. Tortning og‘irligi 150 kilogramm keladi, balandligi esa taglik bilan qo‘shib hisoblaganda – taxminan 2,5 metr. Bunday qandolat shedevri o‘n qavatdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Chimkentda mahalliy oligarx Serikjan Seytjanovning nabirasi – Amirjon hamda qozog‘istonlik tadbirkor, Qozog‘iston prezidentining qarindoshi Qayrat Sotiboldining qizi – Arujanning to‘yi uchun 179 ming dollarlik tort tayyorlangani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chimkentda to‘y uchun 150 kilogramm og‘irlikdagi tort tayyorlandi