14:55 / 02.02.2018
5 579

Bezos Amazon hisobotini e’lon qilib, 6,5 mlrd dollar ishlab oldi

Bezos Amazon hisobotini e’lon qilib, 6,5 mlrd dollar ishlab oldi
Jeff Bezosning boyligi Amazon.com Inc hisoboti e’lon qilingani fonida keskin ortdi. U 6 mlrd dollardan ko‘proq ishlab oldi. Uning kompaniyasi bayramlardagi sotuvlar bo‘yicha so‘nggi sakkiz yil ichida eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu haqda Bloomberg'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Kecha, 1 fevral kuni Amazon to‘rtinchi chorak uchun 1,86 mlrd miqdorida tarixdagi eng yirik daromad haqida hisobot berdi, bu yangilik fonida kompaniya aksiyalari qo‘shimcha savdolar vaqtida 6 foizga o‘sdi, deya ta’kidlaydi Reuters.

Bloomberg Billionaires Index reytingi har kuni savdolar yakunlanayotganda to‘g‘irlanadi, biroq payshanba, 1 fevral kuni, Bezosning boyligi qo‘shimcha savdolar vaqtida (after hours) 116,4 mlrd dollardan 123 mlrd dollarga oshdi. Agarda bunday o‘sish juma kuni ham saqlab qolinsa, uning boyligi Bloomberg reytingiga kiritiladi hamda bu yangi rekordga aylanadi. Bezosning sof aktivlari yanvarda hammasi bo‘lib 17,4 mlrd dollarga o‘sdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg o‘z hisob-kitoblariga tayangan holda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bezos Amazon hisobotini e’lon qilib, 6,5 mlrd dollar ishlab oldi