21:38 / 02.02.2018
16 553

«Kelin qancha semiz bo‘lsa, shuncha yaxshi»

«Kelin qancha semiz bo‘lsa, shuncha yaxshi»
Dunyoda nikoh kechasidan yoqimliroq, jozibaliroq lahza yo‘q. Bu kun har birimizning qalbimizga abadiy muhrlanib qoladi. Afsuski, dunyoda kelinlar bilan bog‘liq shunday odatlar, irim-sirimlar borki, qalblar junbushga keladi. Mana, ularning ba’zi birlari bilan tanishing.

Mavritaniya — «kelin qancha semiz bo‘lsa, shuncha yaxshi»
Hozirgi kunda har bir kelin to‘ydan oldin iloji boricha ozishga intiladi va shu niyatda parhez qilishga ham tayyor bo‘ladi. Ayniqsa, Yevropa qizlari bu yo‘lda och yurishdan ham tiyilishmaydi. Mavritaniyada esa buning aksi. Bu mamlakatda kuyovlar iloji boricha to‘ladan kelgan qizlarni tanlashadi. Ota-ona esa qizini bolaligidanoq baxti ochilishi uchun keragicha ovqat berib boqadi. Agar bo‘lg‘usi kelin to‘yga yaqin qolguncha talabdagi vaznga ega bo‘la olmasa, uni qizlarni boqib semirtiriladigan fermaga yuborishadi. Fermada bo‘lg‘usi kelinni yong‘oq, tuya suti, sariyog‘ bilan boqishadi.

«Hojatxonaga borish taqiqlanadi»
Borneo orolidagi kelin-kuyovlarga juda og‘ir. Ularga to‘yga uch-to‘rt kun qolganda ovqat yeyish, suv ichish, dahshatlisi, hojatxonaga borish taqiqlab qo‘yiladi. Mahalliy irim-sirimlarga qaraganda, kelin-kuyov to‘ydan uch-to‘rt kun oldin hojatxonaga borsa, nikoh mustahkam kechmaydi va kelin bir umr farzand ko‘ra olmay, bepusht bo‘lib qoladi.

«Qizning turmushga chiqishi tishi qay tarafga qarab o‘sishiga bog‘liq»
Hindistondagi ba’zi hududlarda qiz bola turmushga chiqishdan oldin qaysidir hayvon bilan nikohdan o‘tishi lozim. Shundan keyingina unga turmush qurish uchun izn beriladi. Basharti qiz bolaning tishlari vertikal emas, gorizontal tarzda o‘ssa, uni turmushga berishmaydi. Aksincha, qurbon qilishadi. Shuning uchun tishi noto‘g‘ri o‘sgan qizlar shosha-pisha qoramolgami, itgami nikohlab qo‘yiladi. Shunda ularning tishiga e’tibor bermasdan kelin sifatida tanlashadi.

«Tish qayramasdan turmush qurmayman»
Balida kelin-kuyovga aylanish yanada dahshatliroq kechadi. Qadimiy odatlarga ko‘ra, qiz ham, yigit ham to‘ydan oldin tishlarini mutaxassisga borib o‘tkirlatishi lozim. Bu amal narkozsiz ado etiladi. Lekin juda arzon. Busiz ruhoniy ikki yoshni nikohlamaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Kelin qancha semiz bo‘lsa, shuncha yaxshi»