22:53 / 02.02.2018
4 579

Aerofobiyadan aziyat chekuvchi ayol samolyot bortiga shaxsiy tovusini olib kira olmadi

Aerofobiyadan aziyat chekuvchi ayol samolyot bortiga shaxsiy tovusini olib kira olmadi
Amerikalik rassom ayol samolyot bortiga Dekster laqabli tovusini olib kirishga urindi. Ayolning Nyu-York aeroportida yelkasida tovus bilan ketayotgani suratga olingan video esa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

Xabarda aytilishicha, ayol United Airlines reysi bilan Nyu‐Yorkdan Los‐Andjeles tomon uchishi kerak bo’lgan. Uning tushuntirish xatida tovusning unga parvoz paytidagi qo’rquvdan halos bo’lishi uchun yordam berishi aytilgan bo’lsa-da, uning tovusini samolyot bortiga qo’yishmagan.

Ushbu holat aviakompaniya tomonidan tovusning juda og’ir ekanligi va bu samolyot salonida olib ketilishi mumkin bo’lgan jonivorlarning ruxsat beriladigan vaznida og’irligi bilan izohlanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aerofobiyadan aziyat chekuvchi ayol samolyot bortiga shaxsiy tovusini olib kira olmadi