18:55 / 03.02.2018
5 458

Diqqat!!! Endi siz Italiyadan 1 yevroga uy sotib olishingiz mumkin

Diqqat!!! Endi siz Italiyadan 1 yevroga uy sotib olishingiz mumkin
Italiyaning Sardiniya orolidagi uylar misli ko‘rilmagan chegirma bahoda sotilmoqda. Bu yerda 200 ga yaqin uylar sotuvga qo‘yilgan. Muhim jihati shundaki, uylarning har biri 1 yevroga baholangan. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.

Bunday ajoyib taklifning o‘ziga xos sharti ham mavjud. Sotilayotgan uylar qarovsiz qolgan bo‘lib, deyarli vayron holga kelib qolgan.

Uylarni sotib olgan xaridorlar 3 yil ichida kapital ta’mirdan chiqarishi talab etiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uylarni ta’mirlash uchun taxminan 25 ming yevro sarflanadi.

Hozirgacha 3 ta uy sotilgan, ammo xarid qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan 100 ga yaqin arizalar kelib tushgan. Rossiya va Avstraliyadan turib ham ana shunday uylarni sotib olishni istagan talabgorlar talaygina.

Hukumat bu uylarning avvalgi sohiblari bilan bog‘lanishganida, ular o‘z turar-joylarini shahar balansiga o‘tkazishga rozi ekanliklarini aytishgan. Inqiroz vaqtida mahalliy aholi ommaviy ravishda o‘z uylarini tashlab ketishgan. Bugungi kunda Ollolai shahrida 1300 ga yaqin aholi yashaydi.

Bu yerda yashovchi aholi pishloq ishlab chiqarish va savat to‘qish orqali kun kechiradi. Shahar rahbariyati yangi uylarning sohiblari orqali orol aholisi ko‘payishiga va iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham jonlanishiga umid qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Diqqat!!! Endi siz Italiyadan 1 yevroga uy sotib olishingiz mumkin