17:01 / 05.02.2018
9 634

Besh oyoqli qo‘zichoq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi

Besh oyoqli qo‘zichoq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi
Angliyaning shimoliy qismidagi Darem grafligidagi fermalardan birida besh oyoqli qo‘zichoq dunyoga keldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Qo‘zichoqning egasi yashab ketishiga umid qilib, unga “Umid” deb laqab qo‘ydi. Hozirda qo‘zichoq ikki haftalik bo‘ldi.Fermer ayol uni fermada olib qoldi. Qo‘zichoqning beshinchi oyog‘i o‘ng biqinidan o‘sib chiqqan.

Qolgan to‘rt oyog‘idagi tuyoqlar ham ikkiga bo‘lingan.

Aksariyat hollarda bunday ahvolda tug‘ilgan hayvonlarning yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Qo‘zichoqni ko‘zdan kechirgan veterinar ortiqcha oyoqni olib tashlashning hojati yo‘qligini, u besh oyoq bilan ham uzoq va baxtli hayot kechirishi mumkinligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Besh oyoqli qo‘zichoq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi