21:20 / 05.02.2018
5 417

Iroq Saddam Husaynning qizini eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritdi

Iroq Saddam Husaynning qizini eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritdi
Iroq rasmiylari ilk bor eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda «Sof.uz» xabar bermoqda.

Ro‘yxatga 60 kishi, jumladan, mamlakat sobiq prezidenti Saddam Husaynning katta qizi Rohat kiritildi. U hozirda Iordaniyada bo‘lib turibdi.

Shuningdek, mazkur hujjatda IShIDning 28 nafar dala qo‘mondoni, «Al-Qoida»ning 12 nafar yetakchisi, BAAS partiyasi mansabdorlari, jumladan, Rohat haqida ma’lumot va ayblovlar jamlangan.

Al Sumaria telekanaliga ko‘ra, ro‘yxatga qayerda ekanligi hozirgacha noma’lum bo‘lgan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy kiritilmagan.

Sanab o‘tilgan shaxslarning barchasi ayni paytda Iroqdan tashqarida. Ularning ekstraditsiyasi masalasi Interpol bilan birgalikda hal etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq Saddam Husaynning qizini eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritdi