Shri-Lankada sayyohlar kiyikni tutib, uni yutib yuborgan 4 metrlik bo‘g‘ma ilonni videoga olishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Rolik yanvar oxirida mamlakatning janubidagi Bundala milliy bog‘ida suratga olingan. Uzunligi 4,3 metr keladigan ilon kiyikni naq bir soat davomida “tanovul qilgan”.
Bog‘ xodimining aytishicha, ilonning odamlar ko‘z o‘ngida o‘ljasini yutishi noodatiy hol hisoblanadi, chunki ular odamlar nigohini sezgach, o‘ljani tashlab “jo‘nab” qolishadi. Xodimning ta’kidlashicha, ulkan ilon endi bir necha oy “qornini to‘yg‘azish”ni o‘ylamasa ham bo‘ladi.
Bundala milliy bog‘i xalqaro ahamiyatdagi tabiat ob’ekti hisoblanadi. Qo‘riqxonada 324 turdagi umurtqali jonzot, jumladan 32 turdagi baliq, 15 turdagi amfibiya, 48 turdagi sudralib yuruvchi, 197 turdagi qush va 32 turdagi sut emizuvchi qayd qilingan. Bundan tashqari, bog‘da 52 turdagi kapalak va boshqa ko‘plab turdagi umurtqasizlar yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi