12:23 / 06.02.2018
4 144

Ramzan Qodirov myanmalik qochqinlarga yordam qo‘lini cho‘zdi

Ramzan Qodirov myanmalik qochqinlarga yordam qo‘lini cho‘zdi
Ahmad Qodirov nomli mintaqaviy jamoat fondi Bangladeshdagi myanmalik qochqinlar lagerida yetim bolalarga mo‘ljallangan maktab ochdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.

Ramzan Qodirovga ko‘ra, maktab Bangladesh va Myanma hududi chegarasidagi eng katta qochqinlar lageri yonida ochilgan.

Maktabga Ramzan Qodirovning otasi Rossiya qahramoni Ahmad xoji Qodirov nomi berilgan.

Maktabga o‘qish uchun mingga yaqin o‘g‘il-qiz kelgan va o‘quv jarayoni boshlab yuborilgan.

Shuningdek, Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, maktab o‘qtuvchilariga maosh tayinlangan. Kutubxona uchun kitoblar xarid qilingan hamda bolalar uchun darsliklar, kiyimlar va kuniga ikki marta issiq ovqat berilishi belgilangan.

Fond qochqinlar lageri oldida suv yetishmasligi muammosini ham hal qilgan va 20 ta quduq qazdirib odamlar uchun ichimlik suvini ta’minlab bergan.

Hozirda Fond myanmalik musulmon qochqinlari lageri yonida ijtimoiy loyihalarini davom ettirmoqda. Xususan, bu yerda qochqinlarga xizmat ko‘rsatuvchi poliklinika tashkil qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bangladesh va Myanma hukumatining kelishuvi asosida qochqinlarni ikki yil ichida o‘z joylariga qaytarish to‘g‘risida bitim imzolanganini xabar qilgan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov myanmalik qochqinlarga yordam qo‘lini cho‘zdi