15:16 / 06.02.2018
4 403

Putin Qirg‘izistonning $488 mln davlat qarzidan kechish haqidagi hujjatni imzoladi

Putin Qirg‘izistonning $488 mln davlat qarzidan kechish haqidagi hujjatni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston bilan Rossiya oldidagi qarzdan kechish to‘g‘risidagi hukumatlararo shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda RF rahbarining rasmiy saytiga tayanib Tnews.uz yozmoqda.

Rossiya Qirg‘izistonning 2012 yildagi 488,9 mln dollar miqdoridagi hamma qarzidan kechishga rozilik bildirdi. 2013 yilda Rossiya 188,9 mln dollardan kechgan edi. Kelishuvga binoan, qolgan summa, 300 mln dollarov 10 yil davomida o‘chirilishi lozim edi – 2016 yildan 2025 yilgacha – har yili 30 mln dollardan. 2016-2017 yillarda 60 mln dollar o‘chirilgan. 2017 yil 30 apreldagi holatga ko‘ra, Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi qarzdorligi 240 mln dollarni tashkil qiladi.

2017 yil 20 iyunda, prezident Almazbek Atambayevning Rossiyaga tashrifi chog‘ida QRning RF oldidagi 2012 yildagi qarzdorligini tartibga solish haqidagi bitimga bayonnoma imzolandi.

Qirg‘iziston moliya vazirligi 2017 yilda ta’kidlaganidek, 240 mln dollar hajmidagi qarzdan birato‘la kechish YaIMga nisbatan davlat tashqi qarzi darajasini 3,8% ga qisqartiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Qirg‘izistonning $488 mln davlat qarzidan kechish haqidagi hujjatni imzoladi