17:37 / 06.02.2018
7 056

Pora bilan qo‘lga tushgan amaldor 4-qavatdan o‘zini tashladi

Pora bilan qo‘lga tushgan amaldor 4-qavatdan o‘zini tashladi
Qozog‘istonlik mansabdorlardan biri pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Qalampir” sayti xabar berdi.

“Kazvodxoz” korxonasining Olma-ota filiali direktori Seylxon Muhamadiyev shartnoma imzolanishi yuzasidan tashkilot vakillaridan biridan katta miqdordagi pora olgan. Pora unga bir oy davomida qismlarga bo‘lib berilgan.

2 fevral kuni soat 22:00-23:00 oralig‘ida Muhamadiyev va’da qilingan poraning qolgan 400 ming tengega teng qismini olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

3 fevral kuni Muhamadiyev tergov harakatlarini olib borish uchun departamentga olib ketilgan. Bino ichiga kirilgach, oradan taxminan yarim soat o‘tib Seylxon Muhamadiyev 4-qavatda joylashgan tergov xonasining oynasidan o‘zini pastga tashlagan.

Seylxon Muhamadiyev olingan jarohatlar tufayli shu yerning o‘zida jon berdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pora bilan qo‘lga tushgan amaldor 4-qavatdan o‘zini tashladi