23:25 / 07.02.2018
4 998

AQSh va BAAda avtomobillarning ommaviy to‘qnashuvlari yuz berdi (video)

AQSh va BAAda avtomobillarning ommaviy to‘qnashuvlari yuz berdi (video)
AQShning Ayova shtatida yaxvonlik sababli avtomobil yo‘lda 70 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohat olgan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Mahalliy hukumat yo‘l bo‘ylab harakatni to‘liq to‘sib qo‘ygan.

Shuningdek, BAA poytaxti Abu-Dabida ham 6 fevralda katta ko‘lamli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Unda 44 ta mashina to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida 22 kishi jarohat olgan. Ma’lum qilinishicha, ommaviy to‘qnashuvga tuman sabab bo‘lgan. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar bermoqda.

Politsiya haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga va tez yurmaslikka chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh va BAAda avtomobillarning ommaviy to‘qnashuvlari yuz berdi (video)