Germaniyada o‘tkazilgan karnavaldan so‘ng 18 yoshli qiz oyoq kuyishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Voqea Germaniyaning Eppingen shahrida o‘tkazilgan karnavalda yuz berdi. Jodugarlar libosini kiyib olgan ikki kishi hazillashib, qizni ko‘targancha ichida suv qaynayotgan qozonga botirgan. Ulardan biri qizni ko‘tarib turgan, ikkinchisini esa uning oyoqlarini qaynoq suvga tiqqan.
Politsiyachilar ayni paytda jodugarlar libosini kiyib, mazkur jinoyatni amalga oshirgan noma’lum shaxslarni qidirmoqda. Ular ehtiyotsizlik tufayli inson sog‘ligiga ziyon yetkazishda ayblanmoqda. Qiz esa kasalxonada yotibdi. Shifokorlarning ma’lumot berishicha, u yana biror hafta davolanishi lozim.
«Fastnaxt» festivali — har yili Germaniyada o‘tkaziladigane karnavallardan biri hisoblanadi. Unda ishtirok etgan odamlardan ertak va afsonalardagi jodugarlarning, shaytonlarning, masxarabozlarning va boshqa qahramonlarning liboslarini kiyish talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?