16:06 / 08.02.2018
5 545

Er o‘z xotining buyragini arzimagan pulga sotib yubordi

Er o‘z xotining buyragini arzimagan pulga sotib yubordi
Hindiston G‘arbiy Bengaliya shtatining politsiyasi ikki aka-ukani qo‘lga oldi. Ulardan biri aldov yo‘li bilan xotinining buyragini sotib yuborgan. Barchasi ayolning haqiqatni bilib qolib politsiyaga xabar bergandan so‘ng sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchi 28 yoshli Rita Sarkarning bayon qilishicha, ikki yil oldin oshqozonida og‘riq paydo bo‘lgach, eri Kalkuttadagi xususiy davolash markaziga olib boradi. Shifokor esa darhol jarohlik amaliyotini o‘tkazib, “Endi xavotir olmasangiz ham bo‘ladi, yallig‘langan “appendiks”ni olib tashladik”, deya ayolni tinchlantirib qo‘ygan.

“Shundan so‘ng ham og‘riq to‘xtamadi. Hattoki, undan ham badtarlashdi. Erim esa jarrohlik haqida boshqa birovga gapirishimni taqiqlab, shifokorga ham uchrashishimga yo‘l qo‘ymadi”, dedi Rita Sarkar.

Uch oy oldin ayolning oshqozonida yana og‘riq boshlanganda ota-onasi nima bo‘lganligini aniqlash uchun shifokor ko‘rigiga olib boradi. Tibbiy tekshiruv natijasida Ritaning o‘ng buyragi yo‘qligi aniqlangan.

Shundan so‘ng ular ayolning eri Basvajita, qayinukasi va qaynonasining ustidan arz qilib politsiyaga murojaat qilishadi. Aka-ukalar 5 fevral kuni qo‘lga olinadi. Qaynona esa yashirinishga ulgurgan.

Tergov jarayonida buyrak boy tadbirkorga sotilgani aniqlandi.

Rita Sarkarning aytishicha, erining qarindoshlari 12 yillik turmush davomida arzimagan sabablarga ham ayolni haqoratlab, kamsitib kelishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Er o‘z xotining buyragini arzimagan pulga sotib yubordi