20:13 / 09.02.2018
4 285

530 million AQSh dollarini o‘g‘irlashda ayblanayotgan xakerlar guruhi ushlandi

530 million AQSh dollarini o‘g‘irlashda ayblanayotgan xakerlar guruhi ushlandi
AQSh huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 530 million AQSh dollarini o‘g‘irlashda ayblanayotgan 13 kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Mamlakat adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur kiberjinoiy tashkilotga 2010 yilda Ukrainada asos solingan. Xakerlar internet tizimi orqali tuzilgan jinoiy tizim bo‘yicha faoliyat yuritgan. Jumladan, mol-mulkni yirik miqdorda o‘zlashtirish, debet(kirim) va kredit bank kartalari kalit raqamlarini buzish, shaxsiy, bank va moliyaviy ma’lumotlar, personal identifikatsiya axborotlarini sotish hamda tarqatish bilan shug‘ullangan.

O‘z navbatida, jinoyatchilar zararli dasturiy ta’minot mahsulotlarini yoygan, kontrabanda faoliyatini olib borgan. Umuman olganda, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Serbiya, AQSh, Fransiya kabi davlatlar fuqarolaridan iborat 13 kishi ushlangan bo‘lsa, yana 36 kishiga nisbatan sirtdan hukm chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 530 million AQSh dollarini o‘g‘irlashda ayblanayotgan xakerlar guruhi ushlandi