Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning kuyovi Ibabekir Bekdurdiyevda umumiy qiymati millionlab dollarni tashkil etuvchi qo‘l soatlari borligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
28 yoshli Bekdurdiyev Gurbanguli Berdimuxammedovning Gulnabat ismli opasining qiziga uylangan. «Alternativnыe novosti Turkmenistana» nashrida Bekdurdiyev o‘zining Instagram va “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirgan fotosuratlari va videolari chop etildi (Ayni vaqtda mazkur akkauntlar o‘chirib tashlangan).
Fotosurat va roliklarda Bekdurdiyev turli nusxalardagi soatlarini namoyish etgan. Ular orasida eng qimmati Qatarda juda kam miqdorda ishlab chiqarilgan, narxi 565 ming dollar bo‘lgan Richard Mille 52-02 Horse Tourbillon soatidir.
Nashrning ta’kidlashicha, Richard Mille Bekdurdiyevning eng sevimli brendlaridan biridir. Uning kolleksiyasida mazkur brendga tegishli bunday soatlar kamida 4 tani tashkil etadi. Bekdurdiyevning eng arzon soati 110 ming dollar turadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi