16:00 / 11.02.2018
5 030

Tasanno! Politsiyachi ayol uch nafar jinoyatchiga qarshi bir o‘zi kurashdi (Video)

Tasanno! Politsiyachi ayol uch nafar jinoyatchiga qarshi bir o‘zi kurashdi (Video)
Braziliyadagi Guaratuba munitsipalitetidagi avtoyoqilg‘i quyish shaxobchalaridan biridagi savdo do‘koniga o‘g‘rilikka kirgan jinoyatchilarga qarshilik ko‘rsatgan politsiyachi ayolning harakatlarini kuzatuv kameralari videoga oldi, deb yozdi “Darakchi” nashri.

Voqea 7 fevral kuni ro‘y berdi. Uch nafar jinoyatchi savdo do‘koni kassasidagi pulni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Ammo ularning rejasini amalga oshirishlariga o‘sha kuni xizmatda bo‘lgan politsiyachi ayol Mariya Mendes yo‘l qo‘ymadi. Navbatchilikda bo‘lgan Mariya qurol ishlatishga majbur bo‘ldi.

Otishma oqibatida politsiyachi ayolning o‘zi ham yaralandi, biroq o‘g‘rilardan birini otishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikki jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi. Ikki nafar jinoyatchi esa politsiyachilar yetib kelgunga qadar yashirinishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo ertasi kuni ular ham qo‘lga olindi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tasanno! Politsiyachi ayol uch nafar jinoyatchiga qarshi bir o‘zi kurashdi (Video)