16:50 / 11.02.2018
7 015

Haydovchi yo‘lda sirg‘anib yiqilgan himoyasiz ayolni ataylab bosib ketdi (Video)

Haydovchi yo‘lda sirg‘anib yiqilgan himoyasiz ayolni ataylab bosib ketdi (Video)
Rossiyaning Yaroslavl shahrida Lada Granta rusumli avtomobil haydovchisi muzli yo‘lga sirg‘anib yiqilgan ayolning o‘rnidan turishini kutmay, uni ataylab bosib ketdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Mazkur video foydalanuvchi Yevgeniy Javoronkov tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirildi.

Videorolikda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolning sirg‘anib yiqilganligini, o‘rnidan turishga harakat qilayotganda Lada Granta rusumli avtomobil haydovchisi uni ataylab bosib ketganligini ko‘rish mumkin. Videoyozuvdan ayol kuchli zarba olganligi ko‘rinib turibdi.

Voqeaga guvoh bo‘lganlar ham ayolga yordam berishga shoshilmagan. Svetoforda to‘xtagan avtomobillar ham uni aylanib o‘tib ketgan.

Videorolik muallifining ma’lumot berishicha, mazkur YTHda 45 yoshli ayol jabrlangan. Viloyat yo‘l harakati xizmati voqea guvohlarini va ayolni bosib ketgan haydovchini qidirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Haydovchi yo‘lda sirg‘anib yiqilgan himoyasiz ayolni ataylab bosib ketdi (Video)