18:47 / 11.02.2018
5 688

Moskva yaqinida yo‘lovchi samolyot quladi

Moskva yaqinida yo‘lovchi samolyot quladi
Moskvadan Orskka uchgan AN-148 rusumli samolyoti Podmoskoveda, Ramensk rayoni hududida qulab tushdi. Bu haqda «Interfaks» agentligi favqulodda xizmatlarga asoslanib xabar tarqatdi, deb ma’lum qilmoqda Kun nashri.

Ma’lum qilinishicha, Moskva vaqti bilan soat 15:10da samolyot radarlardan yo‘qolgan. U «Domodedovo» aeroportidan havoga ko‘tarilgandi. Uning bortida 65 nafar yo‘lovchi va ekipajning 6 a’zosi bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu samolyot «Saratov avialiniyalari» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, samolyotdagilarning omon qolganiga umid yo‘q.

Ayni vaqtda tegishli xizmatlar hodisa sabablarini o‘rganmoqda. TASS ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar samolyot qulagani aytilayotgan hududga yo‘l olgan.

Mash xabariga ko‘ra Ramenskdagi Argunovo qishlog‘i yaqinida halokatga uchragan havo kemasining ilk qoldiqlari topilgan.

«Interfaks» agentligi ushbu samolyot boshqa bir vertolyot bilan to‘qnashish oqibatida halokatga uchragani haqida xabar tarqatdi. Bu «Pochta Rossii»ga tegishli vertolyot bo‘lgani taxmin qilinmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva yaqinida yo‘lovchi samolyot quladi