00:30 / 12.02.2018
6 981

Vazni 17 kilogrammni tashkil etgan yaponiyalik qiz o‘z tarixi haqida gapirdi

Vazni 17 kilogrammni tashkil etgan yaponiyalik qiz o‘z tarixi haqida gapirdi
Bobosi va buvisi bilan yashagan yaponiyalik qiz ular tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan. Muntazam tahqirlashlar oqibatida uning vazni 17 kilogrammgacha kamayib ketgan. Bu haqda jabrlanuvchining Twitter’dagi sahifasiga tayanib, Daryo nashri xabar bermoqda.

Qiz hayoti saqlanib qolingandan 10 yil o‘tib, o‘z tarixi bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishga qaror qildi. Qizning qarindoshlari unga ovqatlanishni man qilgan va uning ovqatlanayotganligini ko‘rib qolsa, qorniga tepgan. Oqibatda yaponiyalik qiz juda ozib ketgan. Uning vazni atigi 16,8 kilogrammni tashkil etgan. Shifokorlar keyinroq unga vaziyatni daqiqalar hal etgani, uning vafot etishiga bir baxya qolganligini ma’lum qilgan.

Qizning aniq yoshi va ismi oshkor etilmagan. Hozirgi paytga kelib u sog‘lom vaznga erishganligi ta’kidlanadi. Jabrlanuvchining qarindoshlari jazolangan-jazolanmaganligi noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vazni 17 kilogrammni tashkil etgan yaponiyalik qiz o‘z tarixi haqida gapirdi