«Saratov avialiniyalari» kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan va Moskva yaqinida halokatga uchragan An-148 yo‘lovchi samolyotining «qora quti»si halokat joyidan topildi.
Rosaviatsiya xabariga ko‘ra, «Saratov avialiniyalari»ga tegishli samolyot «Domodedovo» aeroportidan ko‘tarilganidan keyin 4 daqiqa o‘tib, radarlardan yo‘qolgan. Ushbu samolyot Moskva viloyati hududida, Ramensk tumani hududida, aeroportdan 35 kilometr masofada qulagan.
Ushbu samolyotdagi 71 kishi halok bo‘lgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra qurbonlar orasida 3 bola ham bor edi, shuningdek, Shveysariya va Ozarboyjon fuqarolari bo‘lgan.
Ayni vaqtda ikkinchi «qora quti» qidirilmoqda. Voqea joyi o‘rab olingan, samolyot qulab tushgan joyda 532 kishi ish olib bordi, qidiruv ishlariga 100 dan ortiq texnika jalb etildi.
YouTube portalida samolyot yerga qulagan va portlab ketgan vaziyat tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Videoning 26-soniyasida portlash ro‘y beradi, keyin hudud ustida quyuq tutun ko‘tariladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi