17:45 / 13.02.2018
4 964

Saudiyada yangi zamon: ayollarga ko‘plab erkinliklar berilmoqda

Saudiyada yangi zamon: ayollarga ko‘plab erkinliklar berilmoqda
Saudiya Arabistonida diqqatga sazovor o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Xususan, hukumat tomonidan ayollarning futbol tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurishi va muxlislik qilishiga qonunan ruxsat berildi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.

Saudiyalik ayollar bu xabarni mamnuniyat bilan qarshi oldilar va mamlakatda yaqinda boshlangan o‘zgarishlarni ijobiy baholamoqdalar.

Saudiya hukumati ayollarning huquq va erkinliklarini inobatga olib, ularning mashina boshqarishi va sport musobaqalarida ishtirok etishiga yo‘l ochib bergan.

Shuningdek, qirollikda avval ta’qiqlab qo‘yilgan jamoa kinoteatrlari, operalar va konsertlar berilishi yana joriy qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, Saudiyada ayollari ham jangovar sport turlari bilan shug‘ullanishiga ruxsat berilgani va mamlakatning mashhur din peshvosi Shayx Abdulloh al-Mutloq ularning abaya libosini kiyib yurishi shart emas deb fatvo bergani haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyada yangi zamon: ayollarga ko‘plab erkinliklar berilmoqda