20:03 / 13.02.2018
4 505

Saakashvili bayonoti: «Shippaklarimni kuldirmang»

 Саакашвили баёноти: «Шиппакларимни кулдирманг»
Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma’lum qilishicha, Polshadan siyosiy boshpana so‘ramaydi. Bu haqda u NewsOne telekanaliga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Saakashvilining aytishicha, ayni damda Polsha politsiyasi tomonidan qo‘riqlanmoqda.

«Men Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan gaplashdim, ular aeroportga kelganimda menga qo‘ng‘iroq qilishdi. Polshadan siyosiy boshpana so‘ramayman», - dedi Saakashvili.

Shuningdek, u Gruziyaga ehtimoliy ekstraditsiyasi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

«Odessada shunday deyishadi: mening shippaklarimni kuldirmang. Gruziyaning hozirgi hukumati mendan o‘lguday qo‘rqadi. Agarda ular meni ekstraditsiya qilishmoqchi bo‘lishganida, buni kecha amalga oshirishgan bo‘lardi», - deya ma’lum qildi u.

Saakashvilining qo‘shimcha qilishicha, Gruziya va Ukrainada unga qarshi hech qanday jiddiy ayblovlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili Germaniya kansleri Angela Merkel hamda YeIdan yordam so‘ragani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili bayonoti: «Shippaklarimni kuldirmang»