21:20 / 14.02.2018
5 268

Axlat tozalovchi ayol qiyofasidagi najotkor yoxud 30 nafar bolani boqib katta qilgan xitoylik ayol (video)

Axlat tozalovchi ayol qiyofasidagi najotkor yoxud 30 nafar bolani boqib katta qilgan xitoylik ayol (video)
Keyingi paytda O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida bolasini sotayotganda qo‘lga tushgan, o‘z jigarbandini o‘ldirgan yoki tashlab ketgan ayollar haqidagi xabarlar ko‘paydi. Albatta, bu yurt, millat taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir kishini tashvishga solishi tabiiy.

Xo‘sh, odamzotni bu qadar tubanlikka majburlayotgan nima: yo‘qsillikmi, ijtimoiy-maishiy muammolarmi yoki oiladagi kelishmovchiliklar? Qaysi biri bo‘lmasin, bularning hech biri Alloh bergan buyuk ne’matdan voz kechishni oqlay olmaydi.

Xitoylik Lya Syaoinning savobli ishlari har qanday din vakillari uchun ibratlidir. Chunki tirik chaqaloqni axlatxonalarga tashlab ketish katta gunoh va jinoyat sanalsa, bunday bolalardan bir nechtasini topib parvarishlash, ulg‘aytirish ulkan jasorat va buyuk savobdir.

Bunday ulug‘likka erishgan ayolning o‘zi moddiy jihatdan qashshoqligini hisobga olsak, bu jasorat o‘ziga to‘q odamlarga ikki karra saboqdirki, aynan Lya Syaoin kabi mana shunday insonlar tufayli ham ezgulik yovuzlikni jilovlab turadi.

Ozginagina vaqt ajratib, yuqoridagi videoni ko‘rishingizni va uni boshqalarga ham ulashishingizni iltimos qilamiz. Zora, buni ko‘rgach, ana shunday qabih jinoyatga qo‘l urish arafasida turgan, niyatida yurganlar bu yo‘ldan qaytishsa!

Manba: xabar.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Axlat tozalovchi ayol qiyofasidagi najotkor yoxud 30 nafar bolani boqib katta qilgan xitoylik ayol (video)