12:24 / 15.02.2018
6 623

Kseniya Sobchak Vladimir Putinni sudga berdi

Kseniya Sobchak Vladimir Putinni sudga berdi
Rossiya prezidentligiga nomzod Kseniya Sobchak Oliy sudga Vladimir Putinni prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olish yuzasidan shikoyat qildi.

«Sud majlisi 16 fevral, soat 10:00da bo‘lib o‘tadi», deb xabar berdi sud, deyiladi «Xabar.uz» nashrida.

O‘z shikoyatida Sobchak Oliy suddan «Rossiya Federatsiyasi markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2018 yil 6 fevralda V.V.Putinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan qarorini noqonuniy deb topib, bekor qilishni so‘ramoqda».

Shikoyatda ta’kidlanishicha, Konstitutsiya bo‘yicha Putinning bu lavozimni qayta egallashga hech qanday huquqi yo‘q. Sababi, u mazkur lavozimda ikki yil ketma-ket o‘tirdi.

Shu o‘rinda, Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Nikolay Bulayevning aytishicha, Putinning saylovlarda ishtirok etishida to‘siqlar mavjud emas.

Hozirda 70 foiz rossiyaliklar o‘z ovozlarini Vladimir Putinga berishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kseniya Sobchak Vladimir Putinni sudga berdi